Nafaqat ko‘chat o‘tqazish, balki keyinchalik parvarishlashga ham e’tibor qaratilyapti

10.03.2022, 16:24

Nafaqat ko‘chat o‘tqazish, balki keyinchalik parvarishlashga ham e’tibor qaratilyapti

Shu yil bahor va kuzda Muzrabot tumanida 1 mln  tupdan ziyod daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqaziladi. Bu xayrli ish Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturining oltinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bajarilyapti. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha O’zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruhi mazkur hududda ham navbatdagi “Yaxshidan bog‘ qolar” aksiyasini o‘tkazdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat hamda tuman kengashlari xodimlari, tuman kengashi deputatlari, BPT yetakchilari ko‘magi bilan uyushtirilgan hasharda Dehqonobod mahallasidagi ko‘chalar chetlari, ta’lim-tarbiya maskanlari hududlariga 200 tup ko‘chat o‘tqazildi.

Ma’lumki, ko‘chatni ekish nisbatan oson, o‘stirish, parvarishlash qiyin. Shu bois o‘simliklarning o‘z vaqtida sug‘orilishi hamda parvarishini doimiy nazorat qilish partiya tuman tashkiloti zimmasiga yuklatildi.

 Dilrabo Rahmonova,

O`zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

Apparati bo‘lim mudiri

 

  • Ko'rildi
    373
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+