“To‘da”liklar ham internetdan foydalanishni xohlaydi
11.03.2022, 14:20
Boysun tumanidagi “To‘da” mahallasida yashovchilarning ham o‘ziga yarasha tashvishi, yechilmay yotgan muammolari bor. Ularga yechim topish uchun esa avval, o‘rganish lozim. Buni O’zLiDeP Boysun tuman Kengashi deputati A.To‘rayev ham yaxshi anglaydi. Shu bois, deputat hududga tez-tez tashrif buyurib, fuqarolar bilan muloqot qiladi, ularni qiynayotgan masalalarni tinglaydi.
Yaqinda deputat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi J.Karimov bilan birga mahalladagi xonadonlarda bo‘lganida ham aholi vakillari gaz ballonlari yetishmasligiyu ularni vaqtida to‘ldirib berilmasligi, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Ayrim fuqarolar esa yer olish masalasida ko‘mak ham so‘radi. Olis hudud bo‘lgani bois, mahallada internet ham ko‘ngildagidek ishlamaydi. Zamona bilan hamnafas yashashni kim ham istamaydi, deysiz. Bu istak to‘daliklarda ham yo‘q emas. Axir u yerda ham yoshlar zamonaviy bilimlarni o‘rganishni, dunyo xabarlaridan boshqalar qatori xabardor bo‘lishni xohlashadi. Ushbu masala yuzasidan ham yig‘ilganlar yordam so‘rashdi.
Albatta, ko‘tarilgan muammolar shunchaki tashlab qo‘yilmaydi, ular mutasaddi tashkilotlar ko‘magida hal etilishi uchun so‘rovlar chiqariladigan bo‘ldi.
H.Xoliqov,
O'zLiDeP Boysun tumani Kengashi
apparat-rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Taʼlim dargohida isteʼdodli o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
24.05.2024, 15:46
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar g‘oliblik uchun jiddiy bahslashdilar
24.05.2024, 11:47
-
Partiyamiz faoli 15 nafar ishsiz yoshlarni ishli qildi
24.05.2024, 11:45
-
Qorako‘lda ham ishbilarmon va tadbirkor ayollar safi kengaymoqda
24.05.2024, 11:43
-
Partiya faollari va aholi vakillari bilan samimiy muloqot qilindi
24.05.2024, 11:32
Fikringizni qoldiring