Partiya yetakchisi Xo‘jaylida yaqinda faoliyat boshlagan “Ijtimoiy shaharcha”da bo‘ldi
15.03.2022, 11:26
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Xo‘jayli tumanida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari, aholi tomorqalarini ko‘zdan kechirdi.
Dastlab Aktam Xaitov tumanda yaqinda foydalanishga topshirilgan “Ijtimoiy shaharcha”da bo‘ldi. Xo‘jayli tumanidagi “Sarishungil” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi avvalgi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi binosi og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, ishsiz, uy-joyga muxtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash, ularni daromadli qilish va kambag‘allikdan chiqarish maqsadida “Ijtimoiy shaharcha” ga aylantirildi.
Shaharcha binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, uy-joyga muhtoj oilalarga 124 ta xonadon topshirildi.
Bu yerda “Golden prayd Xodjeyli” hamda “Kegayli kun qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan 8 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu shaharcha faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan maqsad birinchidan ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘lsa, ikkinchidan, oila a’zolarini kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikdan chiqarishdir.
Partiya yetakchisi “Ijtimoiy shaharcha”da istiqomat qilayotgan oilalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Xo‘jayli tumanidagi “Xo‘jayli un mahsulotlari” MChJ tomonidan kuniga 200 tonna, oyiga esa 6 ming tonna unni qayta ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Foliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan un zavodi 14 mlrd 112 mln so‘m o‘z hisobidan va 1 mln 300 ming dollar chet el bank krediti hisobidan qurilgan. Partiya yetakchisi Aktam Xaitov “Sarishungil” ovul fuqarolar yig‘inidagi ushbu “Xo‘jayli un mahsulotlari” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Partiya yetakchisi korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati, xaridorbopligi, eksport import salohiyati, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Korxona rahbari Rafat Xallibekov bilan suhbatlashar ekan, uning korxonani kengaytirish kelgusi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi, o‘zining bir qator taklif va tavsiyalarini berdi.
Ma’lumot o‘rnida hududdagi 8 ta fermer xo‘jaligini tashkil etgan va hozirgi kunda paxta-g‘alla bilan shug‘ullanib kelayotgan fermer Rafat Xallibekovning kelgusi reja va maqsadlari bisyor.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring