Deputat eng chekka hududlardagi oilaviy poliklinikalar holatini o‘rgandi

25.03.2022, 17:25

Deputat eng chekka hududlardagi oilaviy poliklinikalar holatini o‘rgandi

Prezidentimizning shu yil 18 mart kuni tibbiyot xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar va takliflarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati G’ayrat Abdiyev Samarqand viloyati Urgut tumanida uchrashuvlar tashkil qilmoqda.

Deputat mas’ullar bilan birgalikda tumanning eng chekka qishloqlari Oqqo‘rg‘on, Chep hududida joylashgan oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Farzandini rejali emlash uchun olib kelgan qishloq ayollari Chep oilaviy shifokor punkti faoliyatidan minnatdor, zamonaviy tibbiyot aparatlari chekka qishloqqa kelganidan, ayniqsa UZI, EKG uchun tuman markaziga borib navbatda turib, vaqt va pul sarflashmaydi. Inson qadri oliy qadrga ko‘tarildi.

  • Ko'rildi
    480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+