Deputatlar “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xonadonlar holidan xabar oldi

20.04.2022, 14:15

Deputatlar “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xonadonlar holidan xabar oldi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tashabbusi bilan saylov okrugi hududidagi “Sohibkor” va “Oydinko‘l” mahallalarida uyma-uy yurib, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan va ehtiyojmand xonadonlarga tashrif buyurildi.

Xonadonlar xolidan xabar olinib, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilib, totuv va bahamjihat bo‘lib yashashi hayotimizning asosiy mazmuniga aylanmog‘i lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Albatta, amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    430
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+