Hokim yordamchilari partiya safida

20.04.2022, 14:23

Hokim yordamchilari partiya safida

Bugun har bir mahallada hokim yordamchilari faoliyat olib bormoqda. Ularning birinchi galdagi vazifasi aholi orasiga kirib borish, tadbirkorlikni rivojlantirish, muammolarni o‘rganish va unga yechim topish, ishsizlikni bartaraf etishdir. Hududlarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari mahalla ahlining do‘stiga, hamfikr yelkadoshiga aylanib bormoqda.

Partiyaning dasturiy maqsadlarida ayni shu vazifalar asosiy maqsad qilib olingan. Inson qadri uchun amalga oshirilayotgan bugungi islohotlarda hokim yordamchilarining ham alohida o‘rni bor.

Namangan viloyatining Uychi tumanida 56 ta mahalla fuqarolar yig‘ini  mavjud. Mazkur mahallalarning barchasida sohada katta tajriba ega bo‘lgan hokim yordamchilari faoliyat olib bormoqda. Ular bilan hamkorlikda ishlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbirda partiya faxriylar kengashi raisi Ne’matilla Rahimov partiya tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari Tolibjon Mirzaboyev partiya safiga qabul qilindi. Shu kuni mahalladagi hokim yordamchilarining barchasi partiya safiga qo‘shildi.

Adiba HOJIMIRZAYEVA,

O’zLiDeP Uychi tuman Kengashi apparat rahbari,

tuman Kengashi deputati.

  • Ko'rildi
    523
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+