Qonunlar ijrosi o‘rganilmoqda

21.04.2022, 14:38

Qonunlar ijrosi o‘rganilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022 yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish-rejasiga muvofiq yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlarning ijrosi yuzasidan deputatlar nazoratini kuchaytirish maqsadida Namangan va Buxoro viloyatlari misolida “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun qanday bajarilayotganini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish belgilangan

Shundan kelib chiqqan holda parlament quyi palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zolari Barnoxon Mirzamova va Begali Qodirov Namangan viloyatida bo‘ldi.

Deputatlar tilga olingan qonunga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun dastlab Prezidentimizning 2021 yil 23 noyabrda qabul qilingan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivoj lantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganishdi.

Xususan, Namangan tumanida bo‘lib, paxta va g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini davlatimiz rahbari qarori asosida 0,10 gektardan 1 gektargacha o‘lchamda berish uchun 58 ta fermer xo‘jaligini o‘zida qamrab olgan jami 522 gektar yer maydoni 53 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 5 220 nafar fuqaroga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida berilmoqda. Hozirgi kunga qadar 4 116 nafar fuqaroga 412 gektar maydon tarqatilgan bo‘lib, ulardan 3 810 nafari 381 gektar maydonga ekinlarini ekib bo‘lishdi. Buning ortida qishloq aholisini, ayniqsa, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatida turgan ehtiyojmand oilalarni daromadli mehnat bilan ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyat yaratilmoqda.

Qo‘mita a’zolari aholining dehqonchilik qilishlari uchun ajratilgan maydonlarni egasiga yetkazilish jarayonlarini o‘rganish borasida birma-bir aholi bilan suhbatlar qilib, ularning fikrlari va takliflarini tinglashdi

  • Ko'rildi
    186
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+