O’zLiDeP vakillari kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini o‘rgandi

21.04.2022, 14:45

O’zLiDeP vakillari kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini o‘rgandi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida turli korxonalarda davra suhbatlari, muloqotlar o‘tkazib kelmoqda.

Navbatdagi ana shunday tadbir Namangan tumanining “Katta Toshbuloq” kichik sanoat zonasida joylashgan “NAMMOTORS servis” MChJ da tashkillandi. Unda Kengashning yoshlar va biznes tuzilmalar, ayollar bilan ishlash bo‘limlarining mudirlari Dilnoza Xolmatova, Husnida Iminjanova hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sardor G’iyosovning yordamchisi Hilola Otaxanova, tuman Kengashi apparat rahbari Rustam Dadaqo‘ziyevlar birgalikda mazkur korxona faoliyati, bu yerda yaratilgan ish o‘rinlari, sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

2020 yilda kichik sanoat zonasida barpo etilgan ushbu korxonada 80 kishi ish bilan ta’minlangan, ularning 10 nafari kam ta’minlangan oila vakillari bo‘lgan xotin–qizlar tashkil etadi. Bu yerda asosan suv, nasos va elektr dvigatellari ishlab chiqariladi va mahsulotlar Qozog‘iston,  Qirg‘iziston Respublikalariga eksport qilinadi.

Tadbir davomida korxona ishchi–xizmatchilari, xususan, xotin-qizlar, yoshlar vakillari bilan muloqot o‘tkazildi. Ularga Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, partiyaning yoshlarga, xotin-qizlarga mo‘ljallangan loyihalari haqida tushuncha berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.  

Komiljon Fayziyev,

O’zLiDeP faoli

  • Ko'rildi
    252
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+