O’zLiDeP Toshkent viloyatidagi oliygohlar bilan memorandum imzoladi

25.04.2022, 15:23

O’zLiDeP Toshkent viloyatidagi oliygohlar bilan memorandum imzoladi

O’zLiDePning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida partiya Toshkent viloyati Kengashi va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali o‘rtasida memorandum imzolandi.

Ta’kidlash o‘rinliki, mazkur oliygoh O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va 2017 yil 27  iyuldagi “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, filialda mavjud “Konchilik ishi va metallurgiya” va “Energetika va mashinasozlik” fakultetlarida talaba-yoshlarga tahsil berib kelinmoqda.  

Tadbir davomida mazkur universitetlar bilan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida uzviy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, partiya tashkilotlari tizimiga zamonaviy fikrlaydigan, ma’naviy yetuk, siyosiy dunyoqarashi keng bo‘lgan kadrlarni tanlash ishlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy faolligini oshirish, siyosiy jarayonlarga keng jalb etish hamda partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish borasidagi ishlar tahlil qilib olindi.

Ravshanbek ABDURAHIMOV,

O’zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    482
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+