Deputat saylovchilar muammolarining aksariyatini joyida hal qildi

07.05.2022, 14:53

Deputat saylovchilar muammolarining aksariyatini joyida hal qildi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Barno Mirzamova o‘z saylov okrugida aholi bilan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar o‘tkazib, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganmoqda.

Xalq noibining Namangan shahridagi “Sanoat” MFY aholisi bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda qator muammolar kelib tushdi. Jumladan, nogironlik nafaqasini tayinlash tartibini soddalashtirish, oddiy ishchilarga qo‘llanilgan pensiya miqdorini oshirish, mahalla hududidagi 10-sonli QVP ga qo‘shimcha shifokorlar kerakligi, ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish va piyodalar yo‘lagini barpo etish hamda kasallik turi bo‘yicha shifoxonada yotib davolanishga yordam kabi qator murojaat qilindi.

Ushbu ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, muddat talab qiladigan ba’zi muammolar nazoratga olinib, yechimi izlandi.

Xalq vakilining uchrashuvi “Yakkatut” mahallasida ham davom etdi.  Aholi bilan muloqotlarda bolalar bog‘chasi qurish, tabiiy gaz bilan ta’minlash, elektr energiyasi tarmog‘ini yangilash, mahalladagi yangi aholi punktiga asfalt va elektr ta’minotini tortish, qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballon, tikuvchilik qilish uchun tikuv mashinasi bilan ta’minlash kabi qator murojaat bo‘ldi. Ushbu muammolar ham mutasaddi rahbarlar orqali o‘z yechimini topishga kelishib olindi.

Deputat mazkur mahallada yaqinda ish boshlagan tikuvchilik sexini ko‘zdan kechirdi. U yerda mehnat qilayotganlarning aksariyati mahalladagi ishsiz va “Ayollar daftari”da ro‘yxatga olingan xotin-qizlardan tashkil topgan.

Ushbu mo‘jazgina korxona “Yakkatut” mahalla faollari tashabbusi bilan tashkil qilingan bo‘lib, ishsiz xotin-qizlar kasb-hunar o‘rganishyapti, aholiga tayyor mahsulotlar arzon narxlarda sotilmoqda.

Xalq vakili ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagan holda korxona tashkilotchilariga kelgusi ishlarida omad tilab, faoliyatni yanada kengaytirish va ommaga yoyishda o‘z ko‘magini ayamasligini bildirdi.

O’rganishlar jarayonida deputat hududidagi 11-maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu muassasa ikki yuz o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsada hozirgi kunda 50 nafar bolajonlarni tarbiyalab kelyapti. Bog‘cha mudiri maydoni katta bo‘lishiga qaramay bino kamligi, mavjud binolari esa ta’mirtalab xolga kelib qolganligini aytib o‘tdi. Mazkur murojaat tegishli tashkilotlar orqali ijobiy yechim topiladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    570
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+