O’zLiDeP chortoqlik hokim yordamchilari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi

07.05.2022, 15:03

O’zLiDeP chortoqlik hokim yordamchilari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi hamda Chortoq tuman Kengashi hamkorligida Chortoq tuman hokimligi xodimlari va hokim yordamchilari ishtirokida partiya safini kengaytirish va hokim yordamchirini partiyaga a’zo qilish masalasi yuzasidan tadbir tashkil qilindi.

Ma’lumki, joriy yilning yanvar oyidan boshlab O’zbekistonning barcha mahallalarida hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi.

O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha barcha mahallalarda 9 mingdan ziyod hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, shundan Namangan  viloyatida 778 nafar hokim yordamchilari faoliyat yuritishmoqda. Chortoq tumanida esa 60 ta mahalla fuqorolar yig‘inida hokim yordamchilari xizmat olib bormoqda.

Suhbat davomida hokim yordamchilari hamda tuman hokimligi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi va kelgusi ish faoliyat davomida O’zLiDeP bilan yaqin hamkorlikda qilinadigon ishlar yuzasidan kelishib olindi.

Muloqot davomida Chortoq tumanidagi mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlariga saylangan 60 nafar hokim yordamchilaridan 55 nafari o‘z xoxishlariga ko‘ra partiya a’zolari safiga qo‘shilish istagini bildirib, partiya a’zoligiga o‘tish yuzasidan arizalar taqdim etishdi va yangi a’zo bo‘lgan hokim yordamchilariga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    425
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+