Mahalla yoshlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil qilindi
24.05.2022, 15:34
O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Shirin shahridagi M.Ulug‘bek mahallasida yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini ularning salomatligi, kelajagi uchun asqotadigan mashg‘ulotlar bilan band etmasangiz, dangasalik, bekorchilik kabi «dushman»ning asiriga aylanishi hech gapmas. Mafkurada ham bo‘shliqning paydo bo‘lishi vaqtni arzimas narsalarga sarflashdan, boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashishdan boshlanadi.
O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Shirin shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Shirin shahar Kengashi bilan hamkorlikda M.Ulug‘bek mahallasida yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Tadbirda Shirin shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Alimova va O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi bo‘lim mudiri H.Jabborov ishtirokchilarga omad tilar ekan, sport insonning ruhiy va jismoniy barkamolligini ta’minlaydigan soha ekanligini ta’kidlashdi.
Musobaqada 50 nafardan ortiq yoshlar kuch sinashdi. G’oliblik uchun da’vogarlar o‘rtasidagi bahs qizg‘in va murosasiz kechdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shahzod TOJIQULOV,
O`zLiDeP Shirin shahar Kengashi raisining
Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
O'xshash yangiliklar
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
-
Deputat mahalladadagi yettilik faoliyatini o‘rgandi
27.04.2024, 16:34
-
Shofirkonlik mohir tikuvchi “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga yo‘llanma oldi
27.04.2024, 16:32
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:29
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:04
Fikringizni qoldiring