Konstitutsiyaviy islohotlar: Namangan shahridagi mahalla yoshlar yetakchilari o‘z takliflari bilan faol qatnashdi

06.06.2022, 17:48

Konstitutsiyaviy islohotlar: Namangan shahridagi mahalla yoshlar yetakchilari o‘z takliflari bilan faol qatnashdi

Shu kunlarda joylarda Konstitutsiyani yanada takomillashtirish yuzasidan turli tadbirlar tashkil etilyapti, keng aholi vakillari o‘z takliflari va mulohazalari bilan qatnashmoqda.

Boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar, konstitutsiyani takomillashtirishning zaruriyatini keng jamoatchilik va aholining turli qatlamlariga yetkazish, shu bilan bir qatorda ulardan takliflar olish jadallik bilan olib borilmoqda. Shu sababli mazkur islohot yuzasidan   O’zLiDeP Namangan shahar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi. Unda partiya faollari, Namangan shahridagi mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida bildirilgan har bir fikr va mulohazalar qayd etilib Respublikada tashkil etilgan ishchi guruhi shtabiga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Tadbirda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan yo‘l xaritasi tuzib, olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunida partiyaga qabul qilingan yoshlar yetakchilariga partiya guvohnomalari va estalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+