Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir

20.06.2022, 17:28

Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir

Bamaslahat qilingan ish xayrli bo‘ladi. Mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda xalq fikri e’tiborga olinayotgani esa xalqparvar va insonparvar jamiyat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizga hamohanglik kasb etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etgani ham yuqarida tilga olganimiz xalqparvar jamiyat sari dadil qadam qo‘yayotganimizdan dalolat berib turibdi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari e’tirof etganidek, taraqqiyotning ko‘p asrlik tajribasi shuni ko‘rsatmaqdaki, xususiy mulksiz, uning ishonchli kafolatisiz kuchli ijtimoiy davlatni qurib bo‘lmaydi. Shu bois, Bosh qomusimizda xususiy mulk himoyasini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan konstitutsiyaviy kafolatlarni kuchaytirishimiz lozim. Toki, katta-kichikligidan qat’iy nazar, har bir tadbirkor doimo davlat, Konstitutsiya, qonunlar hamda Prezident himoyasida ekanini amalda his qilsin.

Bu haqda gap ketganda, rivojlangan davlatlardagi kabi, shunday tartib o‘rnatilishi lozimki, mulkdor sud qarorisiz, o‘zining roziligisiz, adolatli tovon pulisiz, mulkidan mahrum etilmasin. Shu bilan birga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqmaslik hamda bekor qilmaslik masalasini ham Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilash juda muhimdir. Binobarin, iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siq va g‘ovlarni olib tashlash uchun ham Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasida ana shu normalar aks etishi lozim.

Umuman olganda, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlar olib borilayotgani va xalqimizning bu jarayonda faol ishtirok etayotgani “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” degan tamoyilga to‘la mos kelishi bilan katta ahamiyat kasb etmoqda.

Barno MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi.

  • Ko'rildi
    644
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+