Konstitutsiyaviy islohotlar mahalliy Kengashlar vakolatlariga ham daxldordir

21.06.2022, 15:37

Konstitutsiyaviy islohotlar mahalliy Kengashlar vakolatlariga ham daxldordir

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari Kengashlar faoliyatiga alohida urg‘u bergani biz deputatlarga katta ma’suliyatni yuklaydi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini isloh qilishdagi muhim masala – bu joylarda hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatini ajratishdir. Barchangizga ma’lumki, bu g‘oyani men avval ham bir necha marta ilgari surgan edim. Amalga oshirgan islohotlarimiz natijasida mahalliy Kengashlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari kengaydi. Shundan kelib chiqib, hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitutsiyadan chiqarib tashlash vaqti keldi, deb hisoblayman. Bu islohotning joriy etilishi hokimiyat vakolatlarining bo‘linish prinsipini mahalliy darajada tatbiq etishga, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini oshirishga olib keladi. ”-deya ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan taklif etilgan bu g‘oya amalga oshirilayotgan islohotlarimiz natijasida mahalliy Kengashlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari kengaytiradi. Qaysiki, deputatlar faol bo‘lsa, boshqa jamoat tuzilmalari ularga qarab andoza oladi. Jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga harakat qiladi.

Shuningdek, xalq manfaatlarini to‘liq ta’minlashga, ijro hokimiyati faoliyati ustidan Kengashlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda ko‘rib chiqilgan har bir yo‘nalishda Prezidentimiz davlat va jamiyat boshqaruvi tizimi imkoniyatlarini inson qadri uchun, degan ezgu maqsadga katta kuch hamda ishtiyoq bilan safarbar etmoqda. Bu tamoyil nafaqat joylardagi ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishga, eng asosiysi, huquqlar va imkoniyatlar tengligiga real sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Zafar Karimov,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi,

xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+