Inson qadri eng katta boylikdir

14.07.2022, 16:54

Inson qadri eng katta boylikdir

Bugun yurtimizda Konstitutsiyaviy islohotlar muhim bosqichga yuz tutdi.

O’zLiDeP ham joylarda keng jamoatchilik va aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishga doir qator tadbirlarni jonbozlik bilan tashkillashtirib kelmoqda.

Partiya Yangiyo‘l tuman Kengashi tomonidan mana shunday ochiq muhokama tadbirlaridan biri tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tadbirida partiya Yangiyo‘l tuman Kengashi apparat rahbari Muvarak Mirzaxanov, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, mahalliy aholi vakillari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Partiya tuman Kengashi apparat rahbari Muvarak Mirzaxanov yig‘ilganlarga ayni vaqtda yurtimizda Konstitutsiya normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

Yurtboshimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyatini sharhlab berdi.

Tadbirda so‘z olgan qatnashchilar ham bugun mamlakatda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarda xalqning fikri o‘rganilayotganini e’tirof etib, Qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbir yakunida qatnashchilar o‘zlarini qizqitirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O`zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    229
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+