O`zLiDePning yosh tadbirkori 10 nafar mahalladoshini ishli qildi
16.07.2022, 16:08
O`zLiDeP Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan “Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” loyihasi doirasida faoliyatini yangi boshlagan va qisqa muddatda muvaffaqiyat sari odimlagan yosh tadbirkor Zoyirbek Naqibboyev bilan uchrashuv tashkillandi.
Tumanning Hurriyat mahallasi hududida xususiy tadbirkor sifatida faoliyat boshlagan Z. Naqibboyev 10 nafar mahalladoshini ish bilan ta’minlashga erishdi. Ta’kidlash o‘rinliki, Zoyirbek Naqibboyev Yangiqo‘rg‘on yengil sanoat kasb-hunar kollejida o‘qib yurgan kezlari O`zLiDeP a’zoligiga qabul qilingan va partiya tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” faollaridan hisoblangan. U rejalari bilan o‘rtoqlasharkan, ayni kunlarda ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmagan tikuvchilik korxonasiga biznes sheriklardan buyurtmalar ko‘pligi, faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha yana 20 nafar yoshlarni ishli qilish rejalari borligini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ish boshlagan Z. Naqibboyev ayni kunlarda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari o‘g‘il-qizlari uchun maktab liboslari tikayotganlarini ham bildirib o‘tdi.
Muloqot davomida partiyaning dasturiy maqsadlari ham targ‘ib etildi va kelajakda korxona qoshida partiyaning boshlang‘ich tashkilotini ochish rejalari ham muhokama qilindi hamda korxonaga ishga qabul qilingan xodimlarni partiya a’zoligiga qabul qilish takliflari berildi.
Uchrashuv yakunida korxona rahbari, partiya faoli Z. Naqibboyevga partiyaning esdalik nishonlari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Очередная встреча делегации УзЛиДеП в Китае
10.05.2024, 16:45
-
Делегация УзЛиДеП вылетела в Китай
08.05.2024, 19:31
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
Fikringizni qoldiring