Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi o‘zgarishlar Termiz shahri fuqarolariga ham tushuntirilmoqda

21.07.2022, 11:06

Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi o‘zgarishlar Termiz shahri fuqarolariga ham tushuntirilmoqda

Surxondaryoda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga  bag‘ishlangan tadbirlar qizg‘in davom etmoqda.

Galdagi muhokama Termiz shahar 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kattabog‘”, "Shifokor", "Tuproqqo‘rg‘on", "Nurli kelajak", "Tinchlik", "Kokildor ota", "A.Navoiy", "Namuna", "Chegara", "Manguzar", "Pattakesar" mahallalari faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP  Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov, partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Alisher Ro‘ziyevlar tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarning tub mohiyatida yotadigan inson qadri, uning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlash, uning sha’ni, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish hamda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning Konstitutsiyada aks ettirilayotgani yuzasidan ma’lumot va tushunchalar berildi.

Savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tgan muloqotda mahalla faollari Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalarini hamda qo‘llab quvvatlashlarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    574
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+