Bekobodda mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish masalasi muhokama qilindi

21.07.2022, 15:38

Bekobodda mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish masalasi muhokama qilindi

So‘nggi uch yilda “Mahallabay” ishlash tizimi yaratilib, uning samaradorligini oshirish masalasiga jiddiy yondashilmoqda.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi deputatlik guruhlari ham ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, mahallani tom ma’nodagi jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bug‘iniga aylantirish yo‘lida kamarbastalik bilan ish olib borishmoqda.

O’zLiDeP Bekobod shahar Kengashi hamda Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbati ham hududdagi mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalari huquqiy asoslarini yaratishga qaratildi.

Tadbirda Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish hamda davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari har tomonlama ko‘rib chiqildi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida arizalarni elektron ko‘rinishda onlayn rejimida qabul qilish bo‘yicha hamda mahalla orqali rasmiylashtiriladigan va olinadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, tegishli idoralarga takliflar kiritildi.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi institutining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla davlat-xususiy sheriklik asosida sport inshootlari, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari, tadbirkorlik ob’ektlari kabi infratuzilmani yaratish darkorligi qayd etildi.

Takomillashtirilayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ham mahallaning maqomini hamda davlat organlarining bu boradagi vazifalarini aniq belgilab berilayotgani to‘g‘risida ham fikr yuritildi.

Konstitutsiyaning 32-moddasiga kiritilayotgan mazkur o‘zgartish 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bug‘iniga aylantirish vazifasini xal etish uchun huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qilishi muqarrar ekani aytib o‘tildi.

Fuqarolarinig o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida barqarorlikni ta’minlash, inson huquqlarini ta’minlash, davlat va jamiyat barqarorligini saqlab borishdagi muhim kafolat bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Joylardagi vakillik organlari bilan mahallalarning o‘zaro bahamjihat aloqalarini tizimli yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro kelishib olindi. Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    496
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+