Sirdaryoda “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

18.08.2022, 17:08

Sirdaryoda “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Mustaqilligimizning 31yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! degan ezgu g‘oya asosida madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi. Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi, viloyat Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi va OAV vakillari ishtirok etdilar.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi bo‘lim mudiri N.Rustamova bugungi kunda “Ayollar daftari”, “Temir daftar”da ro‘yxatga kiritilgan oilalar, xotin-qizlar uchun salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida so‘zladi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar, yordam pullari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlagan ayollar bugungi kunda faxrlanishga arzirli dedi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori kapitan M.Xidiraliyeva 6 oy davomida viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda  amalga oshirilgan ishlar xususida so‘zladi. Qolaversa, notinch bo‘lgan har bir xonadonga borib, alohida suhbatlar o‘tkazilgani, qanchadan qancha jinoyatchilikning oldi olingani raqamlarda keltirildi.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatida 2022 yil yanvar - iyun oylari davomida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 40 ta bo‘lib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘g‘irlik, firibgarlik, foxishaxona saqlash, iqtisodiy, OITS kasalligini yuqtirish, odam savdosi kabi jinoyatlar oshgan.  Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi "Xotin-qizlarni tayziq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, 2020 yml davomida 683 nafar tazyiq va zo‘ravnlikdan jabrlangan xotin-qizlarimizga "Himoya orderi" berilgan bo‘lsa, 2021 yil davomida bu ko‘rsatkich 1919 nafarga, 2022 yil 6 oyi davomida 2011 nafar ayollarga "Himoya orderi"lari rasmiylashtirib berildi.

Tadbirda so‘z olganlar tinchlikning qadriga yetish zarurligi, tinch yurtda to‘ylar, bazmlar, bayramlar bo‘laverishi to‘g‘risida gapirdi. Dunyo davlatlaridagi bo‘lgan va bo‘layotgan notinchliklar misol qilindi. 

Tadbir qizg‘in savol javoblarga boy tarzda o‘tdi.

  • Ko'rildi
    442
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+