Samarqand sammiti azaliy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi

19.09.2022, 17:30

Samarqand sammiti azaliy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti dunyo hamjamiyati nigohida bo‘ldi.

Sammit kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari, ShHTni rivojlantirishning amaliy jihatlari va ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tashkilot ko‘p tomonli hamkorlikni ilgari surmoqda, bunda transport, energetika, oziq-ovqat va ekologiya xavfsizligi, innovatsiyalar, raqamli transformatsiya va “yashil” iqtisodiyot kabi muhim strategik yo‘nalishlar asosiy muhokama markazida bo‘ldi.

Samarqand sammitida imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami – 40 dan ziyod bitim va qarorlar taqdim etildi. Ularda ShHT davlatlarining o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, savdo kabi eng muhim va istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga doir umumiy yondashuvlari aks etgan.

Sammit doirasida Xitoy–Qirg‘iziston–O’zbekiston temir yo‘li qurilishi to‘g‘risida uch tomonlama Bitimning imzolanishini ham tarixiy voqea bo‘ldi. Strategik jihatdan yana bir muhim loyiha – Termiz–Mozori Sharif-Kobul–Peshovar temir yo‘li koridori qurilishini ham qo‘llab–quvvatlashga chaqirildi. Ushbu ikki loyihaning amalga oshirilishi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, umuman olganda, Tashkilotimiz makonida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Bugungi kunda ShHTga a’zo davlatlar yalpi ichki mahsulotining umumiy hajmi jahon ko‘rsatkichining qariyb chorak qismini tashkil qilmoqda. Bu esa endigina 20 yoshga to‘lgan ushbu mintaqaviy Tashkilot tomonidan dunyoning barqaror rivojlanishiga qo‘shilayotgan hissasining salmog‘i yuksak ekanidan dalolat beradi. ShHT jahon siyosatida muhim o‘rin tutayotgan nufuzli xalqaro tuzilmaga aylandi. 

Sammitni “Har birimiz kuchli bo‘lsakkina ShHT kuchli bo‘ladi” shior ostida o‘tkazilgani Tashkilotni yanada kuchli va xalqaro hamkorlarimiz uchun yanada jozibador bo‘lishiga erishish uchun jiddiy harakat qilinganini ifodalaydi.

Ishonchim komil, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida qabul qilingan hujjatlar va qarorlar azaliy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkam bo‘lishiga, xalqlarimizni o‘zaro yanada yaqinlashtirishga, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz taraqqiyoti hamda farovonligi yo‘lida mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Ravshan Fazilov,

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    216
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+