“Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihasi doirasida 10 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda 100 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanadi

24.03.2018, 18:14

“Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihasi doirasida 10 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda 100 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanadi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan har bir hudud, mahalla kesimida turli sabablarga ko‘ra chet elga chiqib ketgan, diniy oqimlarga qo‘shilgan, shuningdek, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan uyushmagan yoshlar doirasini aniqlash, ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar tashkil etish, yoshlarni diniy oqimlar ta’siridan xalos qilish, ishga joylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ularning ijrosini deputatlik guruhlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida “Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihasi doirasida Yoshlar Forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kuni kecha Namangan tumanida mazkur forumning birinchi bosqichi boshlandi.

Tumanda faoliyat yuritayotgan O‘zLiDeP faollari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan Forum davomida uyushmagan yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash va bu orqali ularni bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish hamda turli xil yot oqimlarga kirib qolmasliklarini oldini olish maqsadida amaliy muloqot o‘tkazildi.

- Ishlab chiqarish faoliyatimizni 2010 yil 30 nafar ishchi bilan boshlagandik, hozirda ishchilar soni 250 nafarga yetdi, - deydi “Toshbuloq-TYeKS” qo‘shma korxonasi rahbari, O‘zLiDeP faoli To‘lqinjon Baratov. – Hozirda biz kalava ip ishlab chiqarishdan tashqari, tikuvchilik fabrikasini tashkil etishni ham rejalashtirganmiz. Fabrikaning 1-bosqichi 2019 yilda ishga tushishi kutilmoqda va bu orqali tumanimizdagi uyushmagan, ishsiz yoshlarning 600 nafardan ortig‘ini ish bilan bandligini ta’minlashga erishamiz.

Shuningdek “Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihsi doirasida “Golden-silk” sho‘‘ba korxonasi,  “Zamin oq oltini” va “Asqarali ota” ko‘p tarmoqli fermer ho‘jaligi kabi 10 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari bilan yaqindan tanishilib, 100 nafarga yaqin yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Musoxon Yusupjonov

O‘zLiDeP Namangan viloyati Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+