Deputat aholini bezovta qilayotgan bir qator muammolarini o‘rgandi va hal qildi

31.10.2022, 15:52

Deputat aholini bezovta qilayotgan bir qator muammolarini o‘rgandi va hal qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Uchtepa tumanidagi “139-Uchtepa” saylov okrugiga tashrif buyurdi. Deputat saylov okrugi hududidagi “Uchtepa” MFYda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Uchtepa mahallasi  hududidan Katta xalqa yo‘li orqali O’rikzor dahasiga kesib o‘tuvchi “Birlik kanali” “Taqachi” ko‘cha, “Sharof” ko‘chasi, 13-tor “Sharof” ko‘chalari kesishgan joyida o‘zanidan toshib chiqish oqibatida katta ko‘lmak hosil qilgan va shu yerda istiqomat qiluvchi aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarmoqda edi.

Deputat Durbek Axmedov tomonidan Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi 7-Uchtepa tumani bo‘limiga muammoli masalani bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi  va ushbu masala deputatlik nazoratga olindi. Natijada 7-Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan quvur ta’mirlanib yer satxidan pastga tushirib berildi. Kelgusida muammo bo‘lmasligi uchun nazoratga olindi.

Shu bilan birga deputat tomonidan 22-sonli Oilaviy poliklinikaning aholiga tibbiy yordam xizmatlarining tashkil etilish masalalari atroflicha o‘rganildi hamda bu borada saylovchilarning takliflari olindi va takliflar asosida galdagi aniq vazifalar belgilanib olindi.

Shuningdek, xalq vakili “Ko‘kcha-Oqtepa” mahallasida yashovchi aholining muammolarini aniqlash maqsadida saylovchilar bilan yuzma-yuz uchrashdi. O’rganishlar davomida hududda aholini bezovta qilayotgan bir qator muammolar aniqlandi va ularning ijrosini ta’minlash deputat nazoratiga olindi.

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+