Asosiy qomusimiz – xalqimiz siyosiy tafakkurining yuksak namunasi
07.12.2022, 14:56
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Jizzax shahridagi 18-maktabda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va Mirzo Ulug‘bek mahallasi aholisi ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – xalqimiz siyosiy tafakkurining yuksak namunasi” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizning mustaqillik yillarida katta yutuq va muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishida, jahon hamjamiyatida munosib obro‘ -e’tiborga ega bo‘lishiga konstitutsiyamiz mustahkam poydevor bo‘lganligi ta’kidlab o‘tildi.
Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati Nigora Asqarova, ayni paytda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan va Inson qadri eng ulug‘ qadriyat deb qaralayotgan yurtimizda “Inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida Asosiy Qomusimizni haqiqiy xalq konstitutsiyasiga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini aytib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari ham so‘z olib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda, shu jumladan, o‘zlari istiqomat qilayotgan mahallada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar haqida to‘lqinlanib gapirdilar. Yangi O’zbekistonning Yangi Konstitutsiyasi mustahkam poydevor bo‘ladigan jamiyatimizda xalqning turmush farovonligi yanada oshib borishiga ishonch bildirdilar.
Zayniddin Eshqulov,
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Siyosiy ta’lim va deputatlik
guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Deputat mahalla yettiligi faoliyatini tanqidiy o‘rgandi
16.05.2024, 13:05
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
Fikringizni qoldiring