Murojaatnoma mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminar o‘tkazilmoqda

30.12.2022, 16:27

Murojaatnoma mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamkorligida Prezidentimizning Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini tushuntirish va keng targ‘ib qilish maqsadida  O‘zLiDeP viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhi a’zolari, tuman va shahar Kengashlari rais va o‘rinbosarlari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o‘qituvchilari hamda OAV vakillari ishtirokida o‘quv –seminar tashkil etildi.

Tadbirda  xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari va mazkur institutning professorlari erishilgan natijalar, kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritib, iqtisodiyot, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalar ekanligini qayd etdi.

Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2023 yilga “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berilgani O‘zLiDeP zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi. Bu borada partiya ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning kasb-hunar egallashi, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga katta e’tibor qaratadi.

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan Samarqand va Namangan shaharlariga respublika bo‘ysinuvidagi shaharlar maqomini berish taklif bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Samarqandni bir millionli shaharga aylantirish va bu yerda beshta tuman tashkil etish bo‘yicha harakatlar allaqachon boshlangani ma’lum qilindi. Bu orqali shahar hududi kengayishi ham ta’kidlandi.

Bugun O’zbekiston aholisi 36 million kishiga yetdi. Ammo haligacha odamlar ish, o‘qish, davolanish, dam olish va biznes qilish uchun intiladigan shahar, “tortuvchi markaz” — Toshkent shahri bo‘lib qolmoqda.

Bu orada mintaqamizda “millionlik shahar”lar soni yettitaga yetdi. Oddiy misol, qo‘shni Qozog‘istonda aholi soni 19 million nafar bo‘lsa-da, mamlakatda “millionlik shahar”lar soni uchta. Ularning barchasi respublika bo‘ysinuvidagi shahar maqomiga ega.

Shuningdek, 2022 yilgi Davlat dasturiga diqqat bilan razm solsak, u yerda aynan Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shahar”larga va “tortuvchi markazlar”ga aylantirish bo‘yicha alohida band bor.

Majlisda davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida boshqa sohalar borasida ham qator vazifalar belgilab berilgani, ularni amalga oshirishda kuchli deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish muhimligi borasida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan batafsil javoblar berildi.      

Nasiba Mo‘minova,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
STM
  • Ko'rildi
    296
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+