Ustuvor vazifalar belgilab olindi
10.01.2023, 16:10
O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat hamda Qarshi tuman kengashlari hamkorligida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun - mohiyatini Qarshi tuman aholisi va partiya elektorati o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Arziqul Sherov, tuman Adliya bo‘limi bosh mutaxassisi Abdimurod Jo‘rayev, tuman kengashi deputati Dilfuza Jo‘rayevalar so‘zga chiqib, Murojaatnomaning oltita ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar haqida batafsil to‘xtaldilar.
- Iqtisodiyotga bozor mexanizmlarini joriy etish, mahalliy va xorijiy investitsiyalardan foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida qilinadigan ishlar aholi bandligi va farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, - dedi O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raising mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Tohir Qurbonov. - Endilikda tumanlarni toifalarga ajratilishi, qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15 foizdan 12 foizga pasaytirilishi tadbirkorlikni rivojlantirishga yaqindan yordam beradi. Bugungi tadbirda Prezidentimiz Murojaatnomasini chuqur o‘rganish, mazmun-mohiyatini partiya elektorati o‘rtasida keng targ‘ib qilish borasida amaliy takliflar ishlab chiqdik.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
-
Deputat mahalladadagi yettilik faoliyatini o‘rgandi
27.04.2024, 16:34
-
Shofirkonlik mohir tikuvchi “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga yo‘llanma oldi
27.04.2024, 16:32
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:29
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:04
Fikringizni qoldiring