O’zLiDeP yetakchisi va Qonunchilik palatasi deputati talaba yoshlar bilan uchrashdi

17.02.2023, 11:07

O’zLiDeP yetakchisi va Qonunchilik palatasi deputati talaba yoshlar bilan uchrashdi

Buxoro Davlat universitetida O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov hamda  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslonova qatnashdilar. 

Tadbirni Buxoro Davlat universiteti rektori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Obidjon Hamidov kirish so‘zi bilan ochdi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan A.Xaitov kuni-kecha Prezidentimiz raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bitiruvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ish bilan ta’minlashga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturini amalga oshirish tashabbusi ilgari surilganligi, ushbu muhim masala barcha yerda bo‘lganidek Buxoroda ham asosiy e’tiborda bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarinig ham hayotida muhim ahamiyat kasb etishini, shu tariqa 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasidagi yoshlarga oid ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilariga O’zLiDeP faoliyati, uning dasturiy maqsad va vazifalari, mamlakatimiz siyosiy maydonida tutgan o‘rni, qonun ijodkorligini ta’minlashdagi hissasi haqida ham batafsil ma’lumotlar berdi.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslonova mamlakatimizda keyingi yillarida navqiron avlod vakillariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ular faoliyati bilan bog‘liq Prezident Farmon va qarorlarining qabul qilinishi va ularning amaldagi ijrosi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. E’tiborlisi, bir qator muhim hujjatlarning qabul qilinishida yoshlarning ham o‘z taklif va fikrlari e’tiborsiz qoldirilayotganligi yo‘q.  

Ma’lumki, shu kunlarda Prezidentimizning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi muhokamalari qizg‘in davom etmoqda. E.Aslonova shu haqida so‘z yuritar ekan, Davlat dasturi loyihasini takomillashtirishga talaba-yoshlar ham nazariy va amaliy takliflari bilan bu muhim hujjatning qabul qilinishiga o‘z hissalarini qo‘shishlari zarurligini qayd etdi.  

Davra suhbati davomida universitet prefossor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlarining bir qator taklif va fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+