Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bekor qilinadi
10.03.2023, 10:30
Qonunchilik palatasi yalpi majlisida yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Kecha 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masala muhokama qilindi. Ushbu muhokamalar bugun ham davom etadi.
Shu o‘rinda muhim bir masalaga e’tibor qaratmoqchi edim. Loyihada mahalliy davlat hokimiyati boshqaruviga oid normani qo‘llash borasida norma kiritilgan. Unga ko‘ra hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bekor qilinyapti.
Mahalliy hokimlarning bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashlari raisi sifatida faoliyat yuritishi mumkin emasligiga oid norma Konstitutsiya loyihasida o‘z aksini topdi. Bu ancha vaqtdan buyon kutilgan islohotlardan biri edi.
Kengash raisi va hokimning alohida-alohida mansabdor shaxslar sifatida belgilash bu – mahalliy darajada hokimiyatlar muvozanatini ta’minlash yo‘li bo‘ladi.
Shu bilan birga, mamlakatdagi siyosiy-huquqiy jarayonlarni inobatga olib, ushbu muhim normani ikki bosqichda amalga oshirish taklif qilinayapti. Dastlabki bosqichda viloyatlar darajasida, ya’ni xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari uchun 2024 yildan, tuman va shaharlar darajasida hokimlar va kengash raisi vakolatini ajratishni 2026 yil 1 yanvardan joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Tuman darajasida joriy etishni 2026 yil 1 yanvardan amalga oshirish viloyatlar tajribasini o‘rganish, xato va kamchiliklardan chuqur xulosa chiqarish, ayrim huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirishga imkon beradi.
Mahalliy davlat boshqaruvi sohasida kiritilayotgan mazkur o‘zgarishlar butun davlat hokimiyati tizimini demokratlashtirishga, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini izchillik bilan amalga oshirishga hamda chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishga xizmat qiladi.
Aktam XAITOV,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi
Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring