Deputat nazorati: Mirzacho‘lda elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish muammosi hal qilindi
13.03.2023, 14:50
O’zLiDeP Mirzacho‘l tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Sabohat Azimova va partiya faollaridan iborat ishchi guruh Mirzacho‘l tuman elektr tarmoqlari korxonasi faoliyatini o‘rgandi.
So‘nggi paytlarda tumanda elektr enegiyasida tez-tez ro‘y berayotgan uzilishlar aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Shu sabab, ushbu muammoni barataraf etish uchun saylovchilar o‘z deputatlariga murojaat qilishdi.
Aholi murojaatida aks etgan barcha muammoli masalalar tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari va mahalla faollari bilan birgalikda joylarga borib o‘rganib chiqildi. So‘ngra bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘rganish natijalari atroflicha muhokama qilindi, muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, aholi bilan muloqotlarda kasb etikasiga rioya qilish, chaqiriqlarga o‘z vaqtida yetib borish va shu kabi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar almashildi.
Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Davron Narimanov,
O’zLiDeP Mirzacho‘l tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
-
Deputat mahalladadagi yettilik faoliyatini o‘rgandi
27.04.2024, 16:34
-
Shofirkonlik mohir tikuvchi “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichiga yo‘llanma oldi
27.04.2024, 16:32
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:29
-
Nishonda kartoshkachilik rivojlanmoqda
27.04.2024, 16:04
Fikringizni qoldiring