Mening Konstitutsiyam – mening tanlovim

25.03.2023, 16:00

Mening Konstitutsiyam – mening tanlovim

O‘zLiDeP Boyovut tuman kengashi faollarining 1-kasb-hunar maktabi yoshlari bilan uchrashuvi shu mavzuda bo‘ldi.

Tuman adliya bo‘limi boshlig‘i A. Xolmatov, partiya viloyat kengashi deputati A. Bobobekov, kengash apparat rahbari M. Dadayeva yangilanayotgan Konstitutsiyada yosh avlodning huquq, erkinliki va manfaatlari himoyasi yanada kuchaytirilayotganini yetkazishdi.

 Haqiqatan ham Bosh qomusimizda Oila, bolalar va yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllanitirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi belgilanayapti.

Yoshlarning ta’lim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bo‘lishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti. Davlat shu orqali o‘z zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.

Ota-onalarning o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar nafaqat boqish va tarbiyalash, balki ularning ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun ham g‘amxo‘rlik qilishi belgilanmoqda.

Husanxon Jabborov

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

bo‘lim mudiri

 

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    435
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+