Yangilanayotgan Konstitutsiya: inson huquq va erkinliklari kafolati yanada kuchaytiriladi
13.04.2023, 15:42
O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi va “O’zkabel” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasining o‘zaro hamkorlikdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!” shiori ostida konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan mazkur davra suhbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Zohidov, partiya Toshkent shahar kngashi raisi, deputat Ravshan Fozilov, korxona direktori Farrux Umarov hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.
– Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolati yanada kuchaytirilmoqda, – dedi Ravshan Fozilov. – Qulay mehnat sharoitida ishlash, adolatli xaq olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga ega bo‘lish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi xuquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiradi.
“Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatining bosh mezon bo‘lishi shart. Shu bois, loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Uchrashuv so‘ngida deputatlar barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring