Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir

17.04.2023, 15:58

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir

O’zbekiston Liberal-demokratik  partiyasi Milliy Gvardiya Namangan viloyat bo‘yicha boshqarmasi  xodimlari ishtirokida "Konstitutsiya-sha’nim va qadrim himoyachisi!" shiori ostida uchrashuv tashkil qildi.

Tadbirda so‘z olgan partiya faoli Komiljon Fayziyev mamlakatimizda mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tahrirdagi  Konstitutsiya loyihasida inson huquqlari, erkinliklari bo‘yicha kiritilgan yangi moddalar va normalar haqida so‘z yuritdi.

Milliy gvardiya xodimlari nomidan so‘zga chiqqan Mirzoxid Ziyoyev  yangilanayotgan Konstitutsiya xuquq va erkinliklarimiz kafolati ekanligini ta’kidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    307
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+