Biznes muhitida yangi marralar sari

28.04.2023, 17:14

Biznes muhitida yangi marralar sari

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni o‘tkazilgan ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida ta’kidlaganidek, mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo‘l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar soha xodimlarini yanada g‘ayrat-shijoat bilan ishlashga, o‘z navbatida xorijiy investorlarni yurtimizga ko‘proq jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, qulay fiskal tizim yaratilganligi, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 12 foizga tushirilganligi, xorijiy investorlar aksiyalaridan oladigan dividendlar uch yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilinganligi va muhimi – soliq va bojxona qonunlariga yangi yoki og‘irlashtiruvchi javobgarlik choralari kiritilmasligi qat’iy belgilab qo‘yilganligi shular jumlasidandir.

Sohadagi mavjud  iqtisodiy imkoniyatlar va kafolatlar o‘z natijasini bermoqda. Bir yilning o‘zida mamlakatimizda 100 mingga yaqin yangi korxona tashkil qilinib kiritilgan xorijiy sarmoyalar hajmi 10 milliard dollarga yetgani yoki 2017 yilga nisbatan 3 barobarga oshganligi buning dalilidir.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida O’zbekiston xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolat, alohida texnopark va sanoat zonalari, qo‘shimcha imtiyozlar berishga tayyor ekanligini mamnuniyat bilan ma’lum qildi.

Shuningdek, Forumning sho‘‘ba majlislarida jahon iqtisodiyotining retsessiya ehtimollari, zamonaviy monetar siyosat, savdoni moliyalashtirish, infratuzilmani rivojlantirish, iqtisodiyotni raqamlashtirish, transport va muqobil energetikaga investitsiya kiritish mavzulari muhokama qilinganligi, ayniqsa  xalqaro moliya markazlar tashkil etish tajribasini tatbiq etish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm sohalarini hamda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi forumdan ko‘zda tutilgan maqsadga albatta erishilishini ko‘rsatib turibdi. E’tiborlisi,forum doirasida xorijlik sheriklarga O’zbekiston hududlarining investitsiya salohiyati va 160 dan ortiq yirik loyihalar taqdimotiningo‘tkazilganligi, investitsiya va savdo bitimlarini imzolash marosimlari bo‘lib o‘tgani ham ushbu xalqaro nufuzli tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganligidan dalolat beradi.

Korxonamizda xorijiy hamkorlar bilan olib borilayotgan ishlar, xususan Qozog‘iston va Qirg‘izistonlik biznes hamkorlirimiz bilan tuzilgan o‘zaro manfaatli shartnomalar asosida ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga mahsulot sifatini oshirishga muvafaq bo‘layapmiz.Ushbu davlatlarga eksportga jo‘natilayotgan mahsulotlar o‘z xaridorini topayotgani va alohida e’tirof etilayotganidan mamnunmiz. Mehnat ahli mafnaatlarini talab darajasida muhofaza etishga erishayapmiz. Mamlakatimizga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar barcha sohalarda bo‘lganidek korxonamiz ishlab chiqarish faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap.

Davlat tomonidan qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitining ta’minlanishi investorlar ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. O’z mulkining daxlsizligiga ishongan tadbirkor yangi-yangi marralar sari intilaveradi shu jumladan korxonamiz mehnat ahli ham.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida ilgari surilgan maqsad va vazifalar, ushbu xalqaro muhim tadbirdagi davlatimiz rahbarining nutqi bizni yangi marralarni zabt etishga da’vat etadi.

 Nodir Hamdamov,

Buxoro shahridagi “Shoxrud” hissadorlik jamiyati raisi,  

xalq deputatlari shahar Kengashi deputati.

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    281
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+