Xalqaro kuzatuvchilar O’zLiDePga tashrif buyurdi

04.07.2023, 22:31

Xalqaro kuzatuvchilar O’zLiDePga tashrif buyurdi

Ma’lumki, xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki  saylov jarayonida  shaffoflik va odillikni  ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu kunlarda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining uzoq muddatli  missiyasi xalqaro kuzatuvchilari mamlakatimizda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 2023 yilning 4 iyul kuni ular O’zLiDeP Siyosiy  kengashi ijroiya qo‘mitasida bo‘ldilar.

MDH kuzatuvchilari missiyasi Shtabi  rahbari Kozyak Ye.V. boshchiligidagi mehmonlarni O’zLiDeP Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining raisi o‘rinbosari B.S. Yakubov va O’zLiDeP Siyosiy  kengashi ijroiya qo‘mitasining boshqa  mas’ul xodimlari kutib oldilar.

Kuzatuvchilar partiyaning hozirgi faoliyati hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdilar. Saylovoldi kampaniya  amaldagi qonunchilikka qat’iy muvofiq tarzda amalga oshirilayotgani qayd etildi. Kuzatuvchilarga O’zLiDeP dan prezidentlikka nomzod va uning  ishonchli  vakillarining  viloyatlarda saylovchilar bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlari   haqida  ma’lumot berildi. Partiyaning targ‘ibot faoliyatini olib borishda teng huquqlilikni ta’minlashga  alohida e’tibor  qaratildi.

O’z navbatida, Ye.V. Kozyak O’zbekistondagi saylovlarni monitoring qilishning maqsad va vazifalari, mexanizmlari haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv doirasida kuzatuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil ma’lumot oldilar.

Uchrashuv  konstruktiv muloqot tarzida o‘tdi.

O’zLiDeP matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1433
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+