Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti

18.08.2023, 17:22

Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti

Ko‘pchilikning o‘y-u hayoli, quvonchi tashvishi bilan hamnafas bo‘lgan, odamlar ko‘nglidan joy olgan, davr bilan hamnafas tashabbus bilan boshlangan sa’y-harakatlar, hayotimizdan muqim o‘rin oladigan ana’analarga poydevor vazifasini o‘tashi sir emas.

Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni”ning belgilanishi yana bir xayrli an’anani boshlab berdi. Biznes va ishbilarmon doiralar vakillari ushbu sanani nafaqat kasbiy bayram sanasi sifatida balki, Davlatmiz rahbari bilan yana bir bor bevosita muloqot imkoniyati yaratilgani uchun ham qadrlamoqdalar.

Chunki, bu muloqot chog‘ida bir yillik ishlar natijalari sarhisob qilinmoqda, eng ilg‘or biznes vakillari aynan shu kuni davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Eng muhimi, mulkdorlar sinfi vakillarining kundalik faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab dolzarb masallar muhokama qilinmoqda, ularga birgalikda yechim topilmoqda.

Joriy yil “tadbirkorlar kuni” munosabati bilan el-yurt ravnaqi yo‘lidagi, qo‘lga kiritayotgan yuksak natijalari uchun bir guruh yurtdoshlarimiz Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar ko‘lami kengaytirilmoqda.

El-yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik o‘krsatayotgan tadbirkor va ishbilarmonlar doimo e’tiborda. “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan joriy yil ham Jizzax shahridagi «Jizzax Eco Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Irkin Kabulovning “Do‘stlik” ordeni, Sharof Rashidov tumanidagi «Euro Azia Motors» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xalq deputatalri Sh.Rashidov tuman Kengashi deputati Akmal Axmedov va Forish tumanidagi «Rustex Invest Products» mas’uliyati cheklangan jamiyati maslahatchisi Turg‘un Kuchkunovlar “Shuhrat” medali, ko‘plab tadbirkorlarimiz “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.

Joriy yilgi muloqot arafasida Prezidentga tadbirkorlardan            6 mingga yaqin murojaat kelib tushgan. Tadbirkorlar ko‘targan asosiy masalalar – kredit va moliyaviy yordamni kengaytirish (jami murojaatlarning 26 foizi), biznesni joy va infratuzilma bilan ta’minlash (21 foiz), soliq tizimini soddalashtirish (10 foiz), tekshirishlar va ortiqcha byurokratiyani keskin qisqartirish (8 foiz) bilan bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, oldingi ochiq muloqotlarga tayyorgarlik davomida ko‘tarilgan masalalarning 80 foizi individual xususiyatga ega bo‘lib, ko‘plari joyida hal qilingan. Bu safar 70 foiz tadbirkorlar tizimli muammolarni yechimlari bilan taklif qilmoqda.

Bu haqda aytib o‘tar ekan, Davlatimiz rahbari: “Tadbirkorlarimiz faqat o‘ziga emas, butun sohaga naf keltiradigan masalalarni ko‘tarayotgani quvonarli”, v – deb ta’kidlab o‘tdi.

Ochiq muloqot chog‘ida nafaqat tadbirkorlar, balki endi o‘z biznesini boshlash ishtiyoqida bo‘lgan yigit-qizlarimiz kutayotgan ko‘plab yangiliklar aytib o‘tildi. Tadbirkorlarga berilayotgan qo‘shimcha imtiyozlar, ulardan kutilayotgan samarali natijalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, kichik tadbirkorlar “oyoqqa turib olishi” va faoliyatini kengaytirishi uchun mutlaqo yangi yondashuvlar joriy qilinadi.

Bunda, ushbu soha vakillarini tadbirkorlikka o‘qitish, ularga loyiha qilib berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor va biznesiga sheriklar topish bo‘yicha yaxlit eko-tizim yaratiladi. Buning uchun, eng avvalo, “Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantiriladi. Ushbu yangi bankning faoliyati ham, ishlash uslubi va moliyalashtirish mexanizmlari ham yangicha bo‘ladi.

“Kredit va soliq tarixi” toza bo‘lgan tadbirkorlarga faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi. Qayd etilishicha, hududlardagi kichik biznes markazlarida o‘qigan tadbirkorlarning loyihalarini eng qulay shartlarda moliyalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, kichik biznes loyihasining 10 foiziga tadbirkor investitsiya kiritsa, 45 foiziga “Biznesni rivojlantirish banki” (avvalgi “Qishloq qurilish bank”)ning o‘zi, qolgan 45 foizi uchun davlat ko‘magida resurs yo‘naltiriladi.

Kreditlar tadbirkorlarga 5-7 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida beriladi. Ushbu mablag‘larning 150 mln. dollari bo‘yicha kredit liniyalari  1 oktyabrdan ochiladi.

Shuningdek, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ya olgan, “kredit va soliq tarixi” toza bo‘lgan tadbirkorlarga faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi.

Loyiha doirasida olib kiriladigan asbob-uskunani sug‘urtalash, xom-ashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlari markazlar tomonidan qoplab beriladi. Umuman, dasturda ishtirok etayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini uch yilgacha tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yig‘ilishda yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot olib kirish masalasiga to‘xtaldi. “Bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak. Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaymiz. Bizning “neftimiz” ham, “gazimiz” ham bu – siz kabi tashabbuskor va ishbilarmon tadbirkorlar xom ashyodan yaratayotgan yuqori qiymatli va sifatli mahsulotlardir”, - dedi Davlatimiz rahbari.

Ta’kidlanganidek, “Yangi O’zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi joriy yilda ham davom ettiriladi va dastur bilan qamrab olinadigan korxonalar soni 500 taga yetkaziladi. Ular uchun dasturdagi barcha imtiyozlar davom ettiriladi.

Ochiq muloqot chog‘ida Davlatimiz rahbari e’lon qilgan bu kabi imtiyozlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar yurtimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga juda katta turtki bo‘lishi shubhasiz.

Sherzod MAMATQULOV

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

apparat rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    140
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+