Ochiq muloqotda ilgari surilgan beshta asosiy yo‘nalish mazmun-mohiyati tushuntirildi

25.08.2023, 16:40

Ochiq muloqotda ilgari surilgan beshta asosiy yo‘nalish mazmun-mohiyati tushuntirildi

Joriy yil 18 avgust kuni Davlatmiz rahbarining tadbirkorlar va biznes vakillari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotida ilgari surilgan  beshta asosiy yo‘nalish mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga va o‘z biznesini boshlash ishtiyoqida bo‘lgan yoshlarga yetkazish va shu asnoda hududlarda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etimloqda.

Ochiq muloqot arafasida “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan  tadbirkorlardan biri, xalq deputatlari Sharov Rashidov tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, tadbirkor  Akmal Ahmedov bilan tashkil etilgan ana shunday uchrashuvlardan biri, u rahbarlik qilayotgan "EUROAZIYA MOTORS" MChJda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tadbirkor bilan muloqot bilan bir qatorda tumandagi kichik biznes vakillari, tomorqachilar faoliyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar ham tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tadbirkor Davlatimiz rahbari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotdan olgan taassurotlarini gapirib berar ekan, unda ilgari surilgan beshta asosiy yo‘nalishning mazmun-mohiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

 Xususan, kichik biznesga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, o‘rta biznesga oid tashabbuslar, yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish, yuqori daromadli korxonalarni ko‘paytirish, soliq ma’murchiligini soddalashtirish, byurokratiyani yo‘q qilish masalalari borasida belgilangan vazifalar hudud misolida yig‘ilganlarga tushuntirib o‘tildi.

Uchrashuv davomida tadbirkor yig‘ilganlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    87
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+