Aholi daromadini oshirish - strategiyadagi asosiy maqsaddir

18.09.2023, 12:42

Aholi daromadini oshirish - strategiyadagi asosiy maqsaddir

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan hayotga tadbiq etila boshlangan “O’zbekiston-2030” strategiyasi butun mazmun-mohiyati bilan “Davlat inson uchun” degan hayotbaxsh tamoyilni ilgari suradigan o‘ziga xos muhim dastur ekanligi bilan ahamiyatlidir. Jami 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsadni o‘z ichiga olgan “O’zbekiston-2030” strategiyasi bilan yaqindan tanishgan har bitta yurtdoshimiz yildan-yilga tobora yuksalib borayotgan mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining navbatdagi bosqichida ham eng avvolo, inson manfaatlarini ko‘zda tutgan holda ilgarilab borishiga ishonch hosil qiladi. Ya’ni har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bir qatorr maqsadlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib bunda ta’lim tizimi, aholi salomatligini ta’minlash, yoshlar siyosati, ijtimoiy masalalar, ma’naviyat sohasidagi islohotlarga alohida e’tibor berilgan.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashida deputatlar hamda partiya faollari bilan o‘tkazilgan tadbirda mazkur strategiyaning ayni jihatlariga to‘xtalib o‘tildi. Unda deputatlar tomonidan strategiyadagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan maqsadlar hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

Ta’kidlandiki, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishida asosan iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish, bunda, aholi daromadlarini oshirish, sanoatning eng ilg‘or sohalarini rivojlantirish, bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, tashqi va ichki turizmni rivojlantirish kabi maqsadlar strategiyadan o‘rin olgan.

Yana bir ustuvor yo‘nalishlardan bu, suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilishdagi vazifalardir. Strategiya loyihasida ushbu yo‘nalishda eng dolzarb maqsadlardan suvdan foydalanish madaniyatini oshirish hisoblanadi, shuningdek, tizimda “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish, atrof muhitni muhofaza qilish tizimidagi islohotlar ham mamlakatdagi iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolarning salbiy ta’sirini oldini olish kabi muhim maqsadlar o‘rin olgan.

Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishida xalq xizmatidagi davlat tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni qamrab olgan maqsadlar ijrosiga qaratilgan vazifalarning kiritilganligini ko‘rish mumkin.

Va albatta, olib borilayotgan islohotlarni bardavom bo‘lishi bu mamlakatdagi xavfsizlikka, tinchlikka bog‘liq bo‘ladi. 7 yillik strategiyada ham ushbu maqsadlar alohida yo‘nalish sifatida o‘z ifodasini topgan. Bunda, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash kabi bir qator maqsadlarni o‘z ichiga olgan islohotlar kiritilgan.  

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    185
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+