Galdagi muhim vazifalar belgilab olindi

23.10.2023, 16:02

Galdagi muhim vazifalar belgilab olindi

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, partiya xodimlari, faxriylar, Yoshlar Parlamenti a’zolari, follar va OAV vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda “O’zbekiston-2030” Strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi.

Partiya viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova Strategiyani amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifaga aylanganini, uning doirasidagi islohotlar bo‘yicha tadbirlar aholi tomonidan bildirilgan tashabbus va fikrlar asosida sifatli olib borilishi lozimligini, belgilangan beshta asosiy g‘oyalarni amalda tatbiq etishda bir kuch bo‘lish davr talabi ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbirda partiyaning 2023 yil yakunigacha va 2024 yilning birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Berilgan topshiriqlar ijrosini bajarishda rasmiyatchilikdan qochib, aniq, tizimli ish tashkil qilishga, faoliyatni yangi bosqichga ko‘tarishga, keng ko‘lamdagi islohotlarning tashabbuskoriga aylanishga va mas’uliyat bilan ishlashga chaqirildi.

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+