Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlarimizdan biridir

31.10.2023, 11:35

Ko‘chat ekib,  bog‘ yaratish – ajdodlarimizdan qolgan qadriyatlarimizdan biridir

“O’zbekiston-2030” strategiyasida egologik vaziyatni baraqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish maqsadida har yili 200 million tup daraxt ekib borish va respublikada yashillik darajasini 30 foizga yetkazish, ekiladigan har bir daraxtni parvarish qilish va sug‘orish tizimini yaratish, barcha davlat idoralari, korxonalar, ta’lim muassasalari hududlarida «yashil bog‘lari»ni tashkil etish va shu kabi bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan.

Arnasoy tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidaga “Dolzarb 40 kunlik”da kuz mavsumida esa 525 ming 100 dona daraxt, buta ko‘chatlari va qalamchalari ekish rejalashtirilgan.

E’tiborli tomoni, mahalliy Kengashlarda faoliyat olib borayotgan O’zLiDeP deputatlari ushbu xayrli ishda alohida jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Arnasoy tumanida davom etayotgan ko‘chat ekish jarayonlari fikrimiz isboti. Bu yerda 6 nafar maslakdosh deputatlarimiz boshchiligidagi hasharchilar tomonidan 13 ta mahalla hududiga iqlim sharoitidan kelib chiqib tut, qayrog‘och, terak, pavloniya kabi 12 ming 300 dona ko‘chatlar ekildi.

-Ko‘chatlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi, - deydi O’zLiDeP tuman Kengashi raisi, maslakdosh deputatimiz Munavvar Sobirov. - Eng muhimi, arnasoyliklar ko‘chat ekish va uni parvarishlash majburiyat emas, balki tabiat va atrof muhitni asrash yo‘lidagi qo‘shilgan hissa, ajdodlarimizdan meros qolgan qadriyatlardan biri ekanligini yaxshi anglab yetishgan.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Siyosiy ta’lim va deputatlik

guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    175
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+