Paxtakorda ta’lim muassasalari qishga tayyormi?

31.10.2023, 11:38

Paxtakorda ta’lim muassasalari qishga tayyormi?

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan tuzilgan deputatlar va partiya faollaridan iborat ishchi guruhlari joylarda fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib bormoqdalar.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashida 9 nafar O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib boradi. Ayni kunlarda maslakdosh deputatlarimiz partiya faollari va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhlarga bosh bo‘lgan holda, tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganib chiqdilar. Tumanda 20 ta umumta’lim maktabi va 90 ga yaqin davlat va davlat xususiy sheriklik shaklidagi nodavlat va oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyat olib bormoqda.

Mazkur muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish jarayonida isitish tizimlari, tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir bilan  ta’minlanish darajasi, texnik xavfsizlik holatiga amal qilinishi holatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aniqlangan har bir muammo katta kichikligidan qat’iy nazar deputatlik nazoratiga olinib, aksariyati shu joyning o‘zida bartaraf etilmoqda.

O’rganishlar jarayonida soha xodimlari bilan muloqotlar tashkil qilinmoqda. Ularning fikr-mulohazalari va takliflari umumlashtirilmoqda.

Muhabbat O’ralova,

O’zLiDeP Paxtakor tuman Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    74
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+