O’zLiDeP faollari “Manas”da tashkil etilayotgan “Nuroniylar” bog‘iga 500 tup ko‘chat yetkazib berdi

09.11.2023, 16:57

O’zLiDeP faollari “Manas”da tashkil etilayotgan “Nuroniylar” bog‘iga 500 tup ko‘chat yetkazib berdi

Ayni paytda butun yurtimizda bo‘lgani kabi, “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayonda mahalliy Kengash deputatlari, partiya Faxriylar Kengashi a’zolari, elektoratimiz vakillari faol ishtirok etmoqdalar.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi apparat rahbari Sherzod Mamatqulov hamda “Gulchi opa tomorqa xizmati” MChJ klasteri rahbari, maslakdosh deputatimiz Sharofat Noriyeva tashabbusi bilan mamlakatimizda “Obod qishloq” dasturining debochasi boshlangan “Manas” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan “Nuroniylar bog‘i” ga 500 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari yetkazib berildi.

-Kuzga ko‘chat ekish mavsumida mahalla hududida 5 ming tup ko‘chat ekish, “Nuroniylar bog‘i” tashkil etish rejalashtirilgan, - deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Jalil Kenjayev. – Shu sabab, maslakdoshlarimizning beminnat ko‘magidan juda mamnun bo‘ldik.

 Partiya faollari, nuroniylar va  mahalla ahli bilan birgalikda  barpo etilayotgan “Nuroniylar bog‘i”ga, mahalla hududidagi bo‘sh turgan maydonlarga, yo‘l yoqalariga ko‘chat ekish jarayonida  ham faol ishtirok etdilar.

Xolbek ASATOV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim

va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    96
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+