Yutuqlar bor, muammolar ham yo‘q emas

13.11.2023, 16:53

Yutuqlar bor, muammolar ham yo‘q emas

Avval xabar berganimizdek, O'zLiDePning Buxoro viloyat, tuman, shahar Kengashlari huzurida tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga doir amalga oshirilayotgan ishlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganib chiqilmoqda.

Ishchi guruh a’zolari Qorovulbozor tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar chog‘ida joriy yil o‘tgan 6 oy davomida “Agrobank” ATB Buxoro filiali hamda AT “Xalq banki” Kogon filiali tomonidan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari” doirasida 569 nafar fuqaroga 12 mlrd 780 mln  so‘m miqdorida  imtiyozli kredit ajratilganligi tufayli ushbu dasturlar o‘z ijrosini ta’minlashda muayyan natijalarga erishilganligiga amin bo‘ldilar.

Darhaqiqat, ajratilgan kreditlardan maqsadsiz ishlatilganlik holatlari aniqlanmaganligi, shuningdek kreditlar hisobidan tuman bo‘yicha 586 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi ham tegishli dasturlarga muvofiq aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlashga alohida e’tibor berilayotganligini ko‘rsatib turibdi.

Xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tumanning Tinchlik, Bo‘zachi, Cho‘lquvar, Navbahor, Bo‘ston MFYlarida kutilgan natijalarga erishilgan. Masalan Cho‘lquvar MFYning Baxt ko‘chasidagi xonadonlarining birida istiqomat qiluvchi Muhriddin To‘yov boshchiligidagi oilaviy korxonaga ajratilgan 99 mln so‘mlik kredit evaziga suvni filtrlash uskunasi sotib olingan hamda 3 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

MFYlardagi ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan kishilarga o‘tgan davr mobaynida jami 579 mln so‘m miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratilganligiga ham ishchi guruh a’zolari ishonch hosil qildilar. O’rganishlar davomida tuman aholisining biznes tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida boshqa bir qator ibratli ishlar ham alohida e’tirof etildi.

Garchi shunday bo‘lsada yuqorida tilga olingan dasturlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlashda ayrim kamchiliklar ham yo‘q emas. Masalan ma’lum sabablarga ko‘ra joriy yilning 1 oktabr holatiga 2019- 2023 yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlardan muammolilari soni 119 ta bo‘lib jami 1972,0 mln so‘mni tashkil etadi.

Ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha oilaviy tadbirkorlar va mutassadi tashkilotlarga tegishli maslahat, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Ishchi guruhlarning viloyat va tuman (shahar)lardagi aholi biznes tashabbuslarini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganishlari davom etmoqda.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    89
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+