Ishchi guruh vakillari ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda

20.12.2023, 15:53

Ishchi guruh vakillari ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Yoshlar qanoti” vakillari, partiya deputatlari, faollaridan tarkib topgan ishchi guruh “O’zbekiston – 2030” strategiyasini Ta’lim tizimi islohotlari yo‘nalishidagi maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish va yangi bosqichga olib chiqish borasida qilinayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

Ishchi guruh a’zolari Olmazor tumanidagi 133 hamda 233-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lishdi. Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan maktab o‘quv xonalari, sport zallari ko‘zdan kechirildi.  Maktablarda isitish tizimlari yaxshi ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. 133-sonli maktabda 1501 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Maktab kapital  ta’mirlangan bo‘lib, sport zallari, oshxona hamda kutubxonalari, kompyuter xonalari mavjud. Shuningdek, Yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishidagi yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillarga o‘qitish tizimini yaratish bo‘yicha maktabda o‘quvchilar ingliz tili fanidan yaxshi o‘zlashtirishlari uchun xorijiy davlatlardan o‘qituvchilar kelib dars berishmoqda. Natijada  IELTS dan 5 nafar o‘quvchi yuqori ball olishdi. Maktabda zamonaviy IT park xonalari tashkil etilib, yaqin kunlarda ochilishi kutilmoqda.

Tumandagi 233-sonli umuta’lim maktabida 1614 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ushbu maktabida ham IT park xonalari tashkil qilinib, yaqin kunlarda ochiladi. Ishchi guruh yoshlar bilan  suhbatlar o‘tkazdi. Ishchi guruh vakili Dilnoza Tajiyeva mamlakatimizdagi mumta’lim maktablari, Oliy o‘quv yurtlarida yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakuni yuzasidan muhokama qilindi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    117
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+