O'zLiDePning o‘tgan yillardagi faoliyati sarhisob qilinmoqda

22.11.2023, 16:21

O'zLiDePning o‘tgan yillardagi faoliyati sarhisob qilinmoqda

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi binosida, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining tashkil topganiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan “Bu mening partiyam”, deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majliq qonunchilik palatasi deputati Feruza Nigmatova, partiya viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, O’zbekiston Qahramonlari -  Parda Ziyatov, Anorboy Eshmatov, tashabbuskor guruh a’zolari bo‘lgan  partiya faxriylari, mahalliy Kengash deputatlari hamda hamkor tashkilot vakillari  ishtirok etdilar.

Tadbirda 20 yil davomida O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar qisqacha sarhisob qilib o‘tildi.

O’tgan vaqt davomida jamiyatimizda partiyaning nufuzi yildan yilga oshib, xalq ishonchini qozonib bormoqda. Buni partiya safining yildan yilga oshib borayotganida ham ko‘rish mumkin.

Partiyaning “Yangi avlod kadrlari”, “Yoshlar bilan”, “Deputatning bir kuni”, “Deputat va yoshlar uchrashuvi”, “Tadbirkorlar muloqot forumi” kabi istiqbolli loyihalari, “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi joylarda ommalashib ulgurdi.

Birgina misol, 2016 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” loyihasi  doirasida besh mingdan ortiq tadbirkor ayollarimiz qamrab olindi. Ushbu tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Lojuvard asalari” MChJ rahbari Muhabbat Amonova, “Bunyod dur teks” MChJ rahbari Farida Raxmonova hamda “Xolmo‘min-Zoxid” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Sharofat Noriyevalarni bugun viloyatimizda ko‘pchilik yaxshi taniydi. 2023 yilda o‘ktazilgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovida ular safiga Forish tumanida faoliyat yuritib kelayotgan Yakka tartibdagi tadbirkor Laylo Ilhomova qo‘shildi. U ko‘rik-tanlovning hududiy Respublika bosqichida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Amalga oshirilgan, qo‘lga kiritilgan bu kabi yutuq va muvaffaqiyatlar sanog‘ini yana anchagina davom ettirish mumkin.

Ayni paytda partiyadoshlarimiz safi yildan yilga oshib bormoqda. Dastlabki yili viloyat partiya tashkiloti tarkibida 1062 nafar maslakdoshimizni birlashtirgan 24 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib borgan bo‘lsa, hozir quyi bo‘g‘inlar soni 1011ta dan oshdi. Ular o‘z saflariga 102 600  nafardan ortiq partiyadoshimizni birlashtirgan. Ularning sa’y-harakatlari bilan bugun partiyamiz g‘oyalari, dasturiy maqsad va vazifalari har bir mahallaga, har bir tashkilot, korxona va muassasaga kirib bordi.

Yana bir misol, mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan dastlabki saylovlarda viloyat, tuman (shahar) kengashlariga partiyamizdan jami 72 nafar deputat saylangan edi.

Ayni paytda xalq deputatlari mahalliy kengashlarida jami 142 nafar O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari faoliyat olib bormoqda. Ularning 26 nafari xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari hisoblanadi. Barchasi o‘z vakolatlari doirasida viloyatimizda islohotlar samaradorligini oshirishga, saylovchilarning quvonchu tashvishiga hamroh bo‘lishga, joylardagi mavjud muammolarni partiyaviy vositalar bilan hal qilishda faollik ko‘rsatmoqdalar.

Joriy yil misolida ko‘radigan bo‘lsak, o‘tgan vaqt davomida mahalliy kengash deputatlari tomonidan jami 800 dan ortiq deputatlik so‘rovlari chiqarilgani, jami 110 dan ortiq mutasaddilar hisoboti tinglangani, mahalliy kengash sessiyalariga 40 dan ortiq masala kiritilgani ham xalq noiblarining davr bilan hamnafas ekanliklarini ko‘rsatib turibdi.

Aholining partiyaga, deputatlarga bo‘lgan ishonchini belgilaydigan omillardan yana biri - bu ularning murojaatlariga bo‘lgan e’tibordir. Shu kungacha aholi tomonidan qilingan 200 dan ortiq murojaatning aksariyati o‘z yechimini topgan bo‘lsa, vaqt talab qiladigani deputatlik va partiyaviy nazoratga olingan.

Tadbirda ta’kidlanganidek, O’zbekiston – yangi davrga qadam qo‘ymoqda. Yangi O’zbekistonning mustahkam poydevori qo‘yilmoqda. Yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning samaradorligini ta’minlashda va  “O’zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni hayotga joriy qilishda O‘zLiDeP  faollari bundan keyin ham  oldingi saflarda bo‘ladilar.

Tadbir so‘ngida partiya faxriylari, deputatlar va faollarga O‘zLiDeP  Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Tashakkurnomalari va estalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    90
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+