Yangilangan Konstitutsiyada inson qadr-qimmatiga hurmat, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan me’yorlar kengaytirildi

07.12.2023, 17:56

Yangilangan Konstitutsiyada inson qadr-qimmatiga hurmat, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan me’yorlar kengaytirildi

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi tomonidan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJda “Yangilangan Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari – yangi O’zbekistonni barpo etish strategiyasining muhim huquqiy poydevori” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar Bosh Qomusimizda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni Yangi O’zbekiston ulug‘vor g‘oyasiga hamohang tarzda ro‘yobga chiqarish, davlat organlarining faoliyatini yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, fuqarolar o‘z hayotida xalq Konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishini ta’minlash maqsadiga qaratilgan ulug‘ ishlar hayotga tatbiq etilayotganligini e’tirof etishdi.

-Yangilangan Konstitutsiyamizda inson qadr-qimmatiga hurmat, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikni  amalda ta’minlashga qaratilgan me’yorlar kengaytirildi, - dedi O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining mafkuraviy ishlar bo‘yicha  o‘rinbosari Tohir Qurbonov. – Konstitutsiyaning amalda bajarilishi bo‘yicha nafaqat davlat organlari, balki fuqarolik jamiyati vakillari, xalqaro tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikka e’tibor qaratilayotgani, ochiqlik, inklyuzivlik tamoyillari ustuvorligining asosidir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda dunyoviy davlat prinsipini ro‘yobga chiqarish, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatni barpo etish  mexanizmlari mustahkamlanib,  har bir inson uchun farovon turmush darajasi, xususan sifatli ta’lim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimini ta’minlash  o‘z ifodasini topgan.

Davra suhbatida Bosh Qomusimizdan yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga doir konstitutsiyaviy normalarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari,  inson huquqlari, majburiyatlari va erkinliklarini ta’minlash hamda kafolatlash, samarali davlat boshqaruv tizimini huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlar yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladigan normalar o‘rin olganligi alohida ta’kidlandi. 

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+