Kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi
19.12.2023, 16:07
G’ijduvon tumanining kichik sanoat zonasi hududidagi O‘zLiDeP a’zosi Sodiq Bekov rahbarligidagi charm-galantereya buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona o‘z faoliyatini boshlaganiga 6 yil bo‘ldi. Bor-yo‘g‘i 24 kishi bilan ishlab chiqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olgan MChJ sexlarida bugungi kunda 90 nafardan ziyod kishining bandligi ta’minlangan. Ularning 24 nafari korxonaga yaqin joyda faoliyat olib borayotgan nogironligi bor fuqarolarning “Saxovat maskani” xodimlaridir. Tumandagi Oqrabot, Boyxotin, Qorabog‘, G’ishti, Zarangari, Gajdumak MFYlaridagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan kishilarning aksariyati endilikda “BEK-BAGS” MChJda doimiy ish bilan band. Ularning g‘ayrat-shijoati bilan ko‘plab zamonaviy sport sumkalari, sayohat qilishga mo‘ljallangan ryukzaklar, shuningdek, noutbuklar uchun charm-g‘iloflar ishlab chiqarolmoqda. Kelgusida korxonadagi ish o‘rinlari sonini kamida 150 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Korxona ishchi xizmatchilari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Sh.Ahadov va partiya tuman Kengashi apparati rahbari G’olib Po‘lotovlar partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari hududlarda ish o‘rinlarini ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidladilar.
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring