“Muruvvat” uyida yangi yil bayram tashkil etildi

28.12.2023, 11:02

“Muruvvat” uyida yangi yil bayram tashkil etildi

O’zLiDeP Qarshi shahar kengashi tomonidan Qarshi shahridagi “Muruvvat” uyida Yangi yil archasi atrofida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Qarshi shahar kengashi raisi Jamshid Rahmonqulov jajji o‘g‘il-qizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborak etdi va sovg‘alar ulashdi. 

- Yangi yil bayrami bolajonlar intiqib kutadigan, shodu xurramlik bilan nishonlaydigan inja ayyom hisoblanadi, - deydi O’zLiDeP Qarshi shahar kengashi raisning birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Mansur Hamroyev. – Bayram shodiyonasida bolajonlar ko‘zidagi quvonchni ko‘rib, biz ham bolaligimizga qaytgandek bo‘ldik. Shu kuni kichkintoylar qo‘shiq kuylashib, raqsga tushishdi. Tadbir davomida bolalarning salomatliklarini tiklashlari, bo‘sh vaqtlarin mazmunli o‘tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘rib, behad mamnun bo‘ldik.  Ularga qancha g‘amxo‘rlik qilsak, kelajagimiz shuncha nurli va baxtli bo‘ladi.  

Partiya Kengashi tomonidan shahrimizdagi boshqa muassasalarda ham ana shunday bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Zero, bolalar  nurli istiqbolimiz egalari, hayotimiz davomchilari bo‘lgan bolajonlarga quvonch ulashishdir. 

 

 

  • Ko'rildi
    65
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+