Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng muhim vazifa

10.01.2024, 15:56

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng muhim vazifa

O`zLiDeP Toshkent shahar va Shayxontohur tuman Kengashlari tomonidan O’zbekiston xalqaro islom akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, mahalliy kengash deputatlari, partiya faollari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Ravshan Fazilov yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida etibor qaratdi.  Vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanashi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘lishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. 

Bugun har bir kelajak avlod ko‘nglida Uchinchi Renessans sari dadil qadam tashlab borayotgan Yangi O’zbekistonga munosib bo‘lish, u bilan birga baravar qadam tashlash, istiqboli yo‘lida yetakchi yoshlardan bo‘lish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish vazifasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda Qurolli Kuchlari faxriylariga partiya tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari hamda bir qancha yoshlar partiya safiga kirganligi munosabati bilan a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+