Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Bafoyev 30- G’ijduvon saylov okrugiga qarashli bir qator MFYlar, o‘quv muassasalarida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari chog‘ida amaldagi qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga asosiy masala – “O’zbekiston-2030” strategiyasida ilgari surilgan dolzarb vazifalar, maqsad va yo‘nalishlar hamda ularning ijrosi bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Ayniqsa, strategiyaning to‘rtinchi yo‘nalishidagi 74-83 maqsadlarida o‘z ifodasini topgan bir qator muhim masalalar va ularda belgilangan vazifalar uchrashuv ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.

Ushbu maqsadlarda aks ettirilgan xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar xususida batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, Yangi O’zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish, norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash borasida  yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bo‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘tkazilgan uchrashuv ayniqsa qizg‘in tus oldi. Yoshlar siyosati masalalari yuzasidan deputat tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni uchrashuv ishtirokchilari katta qiziqish bilan tingladilar.

Ta’kidlash o‘rinliki bu yerda 1640 nafar o‘quvchini qamrab olgan 7 ta yo‘nalishdagi 32 ta to‘garak faoliyat olib bormoqda. Rabotatexnika, kompyuter grafikasi va dizayni, IT texnologiyalari, shuningdek, kulolchilik, tikuvchilik, shaxmat-shashka singari tugaraklar shular jumlasidandir.

Deputat Sh.Bafoyev bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat olib borayotgan to‘garaklar ishi bilan tanishdi. Pedagog va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

“Guliston” MFYdagi uchrashuv ham bir qator bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Bu yerda 2841 nafar aholi istiqomat qilmoqda.Ularning 1300 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan navqiron avlod vakillaridan iborat. Mahalla faollari sa’y-harakati bilan hududda “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” tamoyili asosida olib borilayotgan kundalik ishlar hududni obodonlashtirishda o‘z amaliy natijasini bermoqda.

Uchrashuv davomida mahalliy aholini to‘lqinlantirayotgan va tashvishga solayotgan bir qator masalalar ham ilgari surildi.

Tumandagi "Degrezon” MFYda istiqomat qilayotgan 2519 nafar aholining 2037 tasi 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oilalardan iborat. Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda deputat Sh.Bafoyev tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan bir qator masalalarga tegishli idoralar vakillari bilan birgalikda yechim topiladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+