Quyi bo‘g‘inlarda hisobot saylov yig‘ilishlari boshlandi

15.02.2024, 15:45

Quyi bo‘g‘inlarda hisobot saylov yig‘ilishlari boshlandi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tegishli qaroriga asosan shu yilning 15 fevralidan e’tiboran boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari start oldi. Ikki oy davom etadigan mazkur muhim jarayon davomida BPTlar faoliyati xususida aniq xulosalar chiqariladi. Zero, har qanday partiyaning asosiy tayanchi uning boshlang‘ich tashkilotidir. Sababi, mehnat jamoalarida, mahallalarda faoliyat yuritayotgan, bevosita odamlar bilan ishlaydigan, ularni partiya g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida birlashtiradigan tuzilma aynan quyi bo‘g‘indir. Shuningdek, BPTlarning o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilib, joriy yilda qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan partiya faollari, mahalliy kengash deputatlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Qayd etish kerakki, mazkur muhim tadbirlarda tayanch nuqtalar ishini baholash, rais va ularning o‘rinbosarlarini saylash eng asosiy vazifa hisoblanadi. Zero, bugungi kunda atrofiga 1 million 300 mingdan ortiq partiya a’zoni birlashtirgan 14555 ta quyi bo‘g‘inga munosib yetakchilar rahbarlik qilishi istiqboldagi ustuvor vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishiga xizmat qiladi.

Yig‘ilishlarda, yuqorida ta’kidlanganidek, tayanch tuzilmalar yetakchilarining 2023 yildagi faoliyat yuzasidan hisobotlari eshitilmoqda. Shuningdek, kun tartibidan  “O’zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosidan kelib chiqib quyi tashkilotlarning joriy yilga mo‘ljallangan aniq va maqsadli rejalari belgilab olinmoqda.

Sarhisob yig‘ilishlarda BPTlar faoliyatini jonlantirishga davr oldimizga qo‘yayotgan talablardan kelib chiqib yondashilmoqda. Binobarin, boshlang‘ich tashkilot faoliyati qanchalik samarali bo‘lsa, partiya kengashlarining amaliy ishlari salmog‘i ham shunchalik ortadi. Bu esa partiyaning jamiyatda ta’sir kuchi, obro‘-e’tibori oshishiga, dasturiy maqsadlari ro‘yobga chiqishiga xizmat qiladi.

Umidjon Abduraxmonov,

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

BPTlar bilan ishlash sektor mudiri

  • Ko'rildi
    60
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+